Keça, 17-iyun — Butunjahon çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraş kuni edi
Keça, 17-iyun — Butunjahon çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraş kuni (World day to combat desertification and drought) edi.
Uşbu kun munosabati bilan Orol dengizining qurigan tubi böylab marafon yuguruvçi Andrey Kulikov 42 km 195 m masofani bosib ötdi. U uşbu masofa uçun 4 soat 9 daqiqa 53 soniya vaqt sarflagan.
Yuguruş jarayoni tadbir taşkilotçisi bölgan Ekologiya vazirligining YouTube sahifasida jonli efirda namoyiş etildi.
Maʼlumot uçun: çöllaniş - bu inson omillari va iqlim özgarişi bilan boğliq bölgan dunyoning barça mintaqalarida davom etayotgan yerlarning tanazzulga uçraşi jarayoni.
Özbekiston BMTning çöllanişga qarşi kuraş töğrisidagi konvensiyasini 1995-yil 31-avgustda ratifikatsiya qilgan.
👉 @xushnudbek 👈


