Muhim

Keça Toşkentda yomğirlar ortidan 23 ta hududda suv toşgan

Albom11-may, 2026, 14:511 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Keça Toşkentda yomğirlar ortidan 23 ta hududda suv toşgan

Poytaxt hokimligining maʼlum qilişiça, 10-may kuni kuçli yoğingarçilik natijasida şaharning 8 ta tumanida suv töplanişi holatlari böyiça murojaatlar kelib tuşgan.

Taʼkidlanişiça, 10-may kuni yoğingarçilik miqdori 35 mm ni taşkil etgan. Bu örtaça oylik yoğingarçilik meʼyorining yarmidan köproğiga teng.

“Toşkentdagi mavjud yomğir suvlarini oqiziş tizimi bir keça-kunduzda 20 mm gaça yoğingarçilikni qabul qilişga möljallangan. Işlab çiqilgan boş rejaga muvofiq, tizimning ötkazuvçanlik quvvatini bir keça-kunduzda 36 mm gaça bosqiçma-bosqiç oşiriş közda tutilgan”, - deyiladi xabarda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek