Xorazmda «Innowek-2022» innovatsion ğoyalar körgazmasi ötkazildi
Işbilarmon va yoş olimlarni, startap egalarini bitta maydonga töplaş, ular uçun imkoniyatlar yaratiş, loyihalarni rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan innovator yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Innowek-2022” innovatsion ğoyalar körgazmasi ötkazib kelinmoqda. Bu yil uşbu loyiha har bir hudud kesimida ötkazilmoqda. Andijon, Namangan va Farğonada muvafaqqiyatli taşkil qilingan körgazma, endi 28-29-iyul kunlari Xorazmda viloyat hokimligi bilan hamkorlikda taşkil qilindi.
Tadbirda 38 ta oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari, tadbirkorlik, startap korxonalari tomonidan 120 dan ortiq innovatsion işlanmalar, texnologiyalar va mahsulotlar namoyiş etildi.


