Tushuntirish

Kiçik biznes subyektlariga çegaraviy miqdor 5 baravar oşirildi

Hujjat29-may, 2026, 10:532 daqiqa0 koʻrish

Kichik biznesga oid Prezident farmoni.pdf

PDF · 1,5 MB

Yuklab olish

Kiçik biznes subyektlariga çegaraviy miqdor 5 baravar oşirildi. Bu nima degani?

Prezidentning 2026-yil 28-maydagi PF-100-sonli farmoniga köra:

2026-yil 1-iyundan boşlab soliq solişning umumbelgilangan tartibiga ötiş uçun belgilangan çegaraviy miqdor bazaviy hisoblaş miqdorining ön ikki ming baravari (4 mlrd 944 mln söm) etib belgilandi.

❓Bu nima degani?

Bunga qadar kiçik biznes subyektlarining tuşumi 1 milliard sömgaça bölganda soddalaştirilgan soliq rejimida işlaydi. Uşbu çegaradan oşganda esa QQS va foyda soliği tölaşga ötar edi.

Mazkur çegaraviy summa 2019-yilda belgilangan bölib, ötgan davrda narxlar sezilarli ravişda oşgan. Natijada ayrim tadbirkorlar 1 milliard sömlik çegaraga yaqinlaşganda aylanmani yaşiriş, çek bermaslik yoki biznesni bir neçta subyektga böliş amaliyotiga ötmoqda. Bitta biznes uçun bir neçta YTT oçilgan holatlar juda köp.

Yaʼni baribir tadbirkorlar uşbu miqdorni aylanib ötiş yöllarini qilişayotgan edi.

Endi 1-iyundan boşlab uşbu çegaraviy miqdor salkam 5 mlrd sömgaça oşirildi. Bu degani, tadbirkorlar 4-5 ta YTT oçgan bölsa, şularning 1 ta asosiysini olib qolib, qolganini bemalol yopib yuborsa ham böladi. Soliq yukidan qoçib, aylanma yöllar qidirişga hojat yöq.

📈 Özgaruvçan va oşib boruvçi çegara

Bundan taşqari, mazkur çegaraviy miqdor aniq summa bilan emas, balki bazaviy hisoblaş miqdori bilan belgilandi. Bu degani inflyatsiyani hisobga olib, bazaviy miqdorlar oşirilganda çegaraviy miqdor ham oşib boraveradi.

Yaʼni 2019-yilda çegaraviy miqdor konkret 1 mlrd söm etib belgilangan. Lekin yillar davomida inflatsiya bölganiga qaramay 1 mlrd sömlik çegara saqlanib qolavergan.

Hozir esa BHMning 12 ming baravari etib belgilandi. Bu şuni anglatadiki, çegaraviy miqdor dogma emas, u qotib qolmaydi, deyarli har yili oşib boraveradi.

Masalan, hozir BHM miqdori 412 ming söm.

Aytaylik, avgust oyida oyliklar oşib, BHM miqdori taxminan ham 10% ga oşirilib, 453 ming söm etib belgilandi deylik. Bunda kiçik tadbirkorlik subyektlari uçun çegaraviy miqdor ham oşadi va 5 mlrd 436 mln söm böladi. Yaʼni har safar 10% ga oşganda, çegaraviy miqdor ham taxminan 500-600 mln söm atrofida oşib boraveradi.

Bejizga mutaxassislar va iqtisodçilar uşbu farmonni tadbirkorlar uçun hayitga haqiqiy sovğa deyişmadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek