Kimlar abituriyent sifatida öqişga topşira olişadi?
Manba:Xushnudbek.uz
❓Kimlar abituriyent sifatida öqişga topşira olişadi?
#abituriyent
Yuqoridagi savolga bittada javob berişga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqiçiga quyidagilar hujjat topşira olişadi:
1️⃣ Umumiy örta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.
Bunda barça maktablar, şu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslaşgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barçasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida şahodatnoma bölişi kerak, 10-sinfni tugatib topşirib, talaba bölib öqiş imkoni yöq;
2️⃣ Professional va örta maxsus taʼlim taşkilotini tugatganlar.
Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bölsa, hujjatni kollej diplomi bilan topşiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bölsa, unda maktab şahodatnomasi bilan topşiradi.
Akademik litsey bitiruvçilari — diplomi bilan;
Texnikum bitiruvçilari — 11-sinf şahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topşiradi. Texnikum diplomi bilan emas.
3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda öqiyotganlar
Bugungi kunda professional taʼlim taşkilotida öqiyotganlar garçi hali öqişi tugamagan bölsa-da, bemalol hujjat topşira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf şahodatnomasi bilan topşiradi;
4️⃣ Oliy taʼlimda öqiyotgan talabalar.
Bunda hozirda Özbekistondagi davlat yoki nodavlat, şuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bölib öqiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan öqişga hujjat topşirişlari mumkin. Öqişga kirgan taqdirda qayerda öqişini özi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida öqiydi.
Talabalarning öqişga topşirişi heç qanday muammo (masalan, öqişdan çetlatiş) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, şunçaki öyin uçun topşirib ötirmang, mabodo öqişga kirsangizu, keyin taşlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bölasiz, keyinçalik böşab qolgan öringa heç kimni olişmaydi;
5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.
Allaqaçon bir marta oliy maʼlumot olib bölgan şaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqiçiga hujjat topşirib körişlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan öqişga hujjat topşirişadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunçilikka köra, bir marta oliy maʼlumot olib bölganlarning (grant yoki kontraktda öqiganligidan qatʼi nazar) ikkinçi marta talaba bölişi faqat tölov-kontrakt asosida böladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda öqişadi.
Xullas, mana şu yuqoridagi 5 ta toifadagi şaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topşirib körişlari mumkin. Barçaga omad!
👉 @xushnudbek 👈

