Fikr

Köçmançi sport

Matn20-yanvar, 2024, 21:232 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzÖzbekiston mustaqillikka erişgandan buyon sport sohasidagi davlat boşqaruvi tizimida amalga oşirilgan 6 ta asosiy özgariş tarixi va muallif mulohazasi.

Köçmançi sport...

Özbekiston mustaqillikka erişgandan buyon eng köp tuzilmaviy özgarişlarni boşidan keçirgan soha, menimça, bu sözsiz — sport sohasi bölsa kerak. Hali uyoqqa, hali buyoqqa, hali qömita, hali vazirlik, hali qöşilgan, hali ajralgan, xullas şu sohaning tayini yöq.

Keling, sport sohasidagi davlat boşqaruvi tarixiga qaraymiz.
Mustaqillikning ilk yillarida tizim Fizkultura va sport davlat komiteti tomonidan boşqarilgan.

1️⃣ 1992-yil 14-yanvar. Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi deb qayta nomlandi (Asos)

2️⃣ 2004-yil 27-sentyabr. Madaniyat işlari vazirligi hamda sport sohasi birlaştirilib, Madaniyat va sport işlari vazirligi taşkil qilindi (Asos)

3️⃣ 2017-yil 15-fevral. Madaniyat va sport işlari vazirligi ikkiga ajratilib, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi taşkil qilindi (Asos)

4️⃣ 2018-yil 5-mart. Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taşkil qilindi (Asos)

5️⃣ 2021-yil 6-aprel. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi birlaştirilib, yangi Turizm va sport vazirligi taşkil etildi (Asos)

6️⃣ 2022-yil 18-fevral. Turizm va sport vazirligi yana ikkiga ajratilib, Sportni rivojlantiriş vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi taşkil etildi (Asos)

7️⃣ 2022-yil 24-dekabr. Sportni rivojlantiriş vazirligi negizida Yoşlar siyosati va sport vazirligi taşkil etildi, Yoşlar işlari agentligi esa vazirlik huzuriga ötkazildi (Asos)

8️⃣ 2024-yil 20-yanvar. Yoşlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi taşkil etildi, Yoşlar işlari agentligi esa Vazirlar Mahkamasi böysunuviga ötkazildi (Asos).

Körib turganingizdek, birgina sönggi 7 yilda sport boşqaruvi 6 marta (!) özgardi. Qömita böldi, vazirlik böldi, birlaştirildi, ajratildi, yana birlaştirildi, yana ajratildi…

Va balki bu hali oxirgisi ham emasdir, kim bilsin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek