Kollej va texnikumlar mandati eʼlon qilindi
⚡️ Kollej va texnikumlar mandati eʼlon qilindi
DTM tomonidan 2022-yil 3-7-oktabr kunlari 2022/2023-öquv yili uçun professional taʼlim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kiriş test sinovlari ötkazildi.
Bugun, 15-oktabr kuni esa mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari eʼlon qilindi.
Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali şaxsiy kabinetidan bilişlari mumkin.
Test sinovlari natijasidan norozi bölgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning örnini bosuvçilar (vasiylar) 2 kun davomida professional taʼlim muassasasida taşkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron şaklda apellyatsiya şikoyatini beriş huquqiga ega.
✅ Apellyatsiya şikoyati 2 iş kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida körib çiqiladi.
👉 @xushnudbek 👈


