Kolumbiyada 7,4 magnitudali zilzila oqibatida 132 kişi halok böldi
🇨🇴 Kolumbiyada 7,4 magnitudali zilzila oqibatida 132 kişi halok böldi
Mamlakatning ğarbiy qismida 10-avgust kuni yuz bergan kuçli zilzila oqibatida hozirgaça 132 kişi halok böldi, 570 kişi jarohatlandi. Qutqaruvçilar vayronalar ostidan tirik qolganlarni izlaş işlarini davom ettirmoqda.
Bu mamlakatda sönggi 10 yilda qayd etilgan eng kuçli zilzila bölgan. Episentr Çoko departamentining San Hose del Palmar hududida, poytaxt Bogotadan qariyb 240 km ğarbda joylaşgan.
Zilzila oqibatida 86 ta bino qulagan, mamlakatdagi 5 ta yirik şaharda “qizil” darajadagi ogohlantiriş eʼlon qilingan, 7 ta aeroport faoliyatini vaqtinça töxtatgan.
👉 @xushnudbek 👈



