Komediya davom etadi: Buxoroda qişki taʼtil muddati yana uzaytirildi
❗️Komediya davom etadi: Buxoroda qişki taʼtil muddati yana uzaytirildi
Buxoro viloyati hokimligining keça tungi soat 23:46-da xabar berişiça, sovuq ob-havo şaroitida köpçilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barça taʼlim muassasalarida öqiş 16-yanvar kunidan boşlanişi belgilanibdi.
Şuningdek, boğçalar ham öz işini 16-yanvardan boşlaydi.
Bungaça viloyatda 18-yanvargaça uzaytirilgan qişki taʼtil muddatidan avval bekor qilinib, 11-yanvardan öqiş boşlanişi xabar berilgandi. Ammo hokimlik bu qarori notöğri bölganini anglab yetgan şekilli, endi öqişni bekor qilib, yana taʼtilni uzaytirişni maʼqul deb bilibdi.
Garçi bu öta va öta kulgili körinsa-da, ammo har holda hokimlik xatosini tan olib, taʼtilni yana uzaytirgani töğri qarorligini taʼkidlaşimiz lozim. Boşqa hokimliklarda xatoni tan oliş uçun jurʼat yetarmikin?
Keça ahvolni kördik, eng yaxşi hududlarda ham umumiy davomat zörğa 20 foizga çiqdi yoki çiqmadi. Ayrim sinflarda bittagina öquvçi ötirganini, ayrimlarida umuman heç kim kelmaganini ham kördik. Mana şunday açinarli bir ahvolda heç narsa bölmagandek, barçasiga köz yumiş, "bizda darslar zör bölyapti", deb közböyamaçilik qiliş eng osoni. Menimça, aksariyat hokimliklar xuddi şunday qiladi ham. "Yana taʼtilni uzaytirib, yana şarmanda bölganimizdan köra, tinçgina indamay qöya qolaylik, duşanbagaça bir gap bölar" deyişadi.
Ha, töğri, duşanbagaça bir gap bölar...
👉 @xushnudbek 👈
