Tushuntirish

kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza berayotganda şartnoma turini tanlaş degan band bor

Foto6-sentabr, 2022, 14:321 daqiqa6 koʻrishtahrirlangan

Öqişga kirganlar uçun bazaviy kontrakt, kira olmagan uçun super-kontrakt oliş maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda şartnoma turini tanlaş degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama şartnomani tanlaş söralmoqda. Şu böyiça izoh sörab, abituriyentlardan köplab savollar kelib tuşdi.

Bu juda oddiy.

Ikki tomonlama şartnoma — bu OTM va abituriyent örtasida tuziladi. Boşqaça aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning özi yonidan tölamoqçi bölsa, şu bandni tanlaş kerak.

Bundan taşqari bankdan taʼlim krediti olmoqçi bölsa yoki ota-onasining işxonasidan oylik maoşidan tölamoqçi bölsa ham ikki tomonlama şartnoma oliş kifoya qiladi.

Uç tomonlama şartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy taşkilot örtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning özi emas, balki biror homiy taşkilot tölamoqçi bölsa (balki keyinçalik öşa taşkilotga işlab beriş şarti bölişi ham mumkin), unda uç tomonlama şartnoma degan bandni tanlaş kerak. Uç tomonlama tanlanganda öşa homiy korxonaning (OTMning emas) STIR raqamlarini ham kiritiş kerak böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek