Tushuntirish

Kontrakt narxlari qaçon eʼlon qilinadi?

Matn3-sentabr, 2023, 21:521 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Kontrakt narxlari qaçon eʼlon qilinadi?

JAVOB: bilmadim.

Mana, bugun 3-sentyabr. Ertaga yangi öquv yili boşlanadi.

Ammo haligaça 2023-yil uçun tölov-kontrakt miqdorlari eʼlon qilingani yöq. Ota-onalar va talabalar qança pul topişi kerakligi haqida bilişmaydi. Qança mol-qöy sotiş kerak, qança qarz oliş kerak, hozirça aniq emas. Banklardan taʼlim krediti ham olişolmayapti. Umuman olganda tölov-kontrakt bilan boğliq butun tizim töxtab turibdi.

Tasavvur qilyapsizmi, yuz minglab talabalar butun boşli yangi öquv yilini kontrakt narxini bilmasdan boşlayapti.

Mana bu ham yana bir bor davlat hamma narsaning tepasida turişi, bir hovuç masʼul amaldorlar hamma narsani boşqarişi kerak, degan tamoyil naqadar notöğri ekanligining yaqqol isboti. Jumladan, oliy taʼlimda.

Mustaqillik, mustaqillik va yana mustaqillik! Oliy taʼlim rivojlanişi uçun eng birinçi mana şu kerak. Men işonaman, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari va soğlom raqobat taʼlimni Hukumat yoki vazirlikdagi masʼullardan yaxşiroq boşqara oladi. Davlatning işi esa, öyin qoidalarini aniq belgilab, bozordagi öyinçilar uçun şaroit yaratib berişdan iborat. Böldi. Boşqasi ortiqça.

Buni tezroq tuşunib yetmasak, yana uzoq yillarga keçikamiz. Yurtimizda Oksford va Kembridj haqida orzu qiliş tugul, TOP-500 likdagi darajaga mos universitetlar ham yaqin 50 yilda çiqmasligi mumkin (mingtalikka bir amallab kirvolsa böladi).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek