Kontrakt tölaş muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi
⚡️ Kontrakt tölaş muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasi tegişli bayoni bilan ayrim toifadagi talabalar öqişi uçun tölov haqini ötkaziş hamda talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning sönggi muddati 2023-yilning 10-iyun (şu kuni ham) etib belgilandi.
Bu muddat bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:
➖ tölov-kontrakt jumladan, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
➖ öqişi köçirilgan (köçirib tiklangan);
➖ va qayta tiklangan talabalar uçun.
Şuningdek, kollej va texnikumlarga öquvçilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqiç öquvçilari) uçun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini tölaganlarning tölovi ham inobatga olinadi).
👉 @xushnudbek 👈


