Tushuntirish

Köpçilik sörayotgan savolga javob: minimum ball bormi?

Foto15-avgust, 2023, 12:312 daqiqa0 koʻrish

Köpçilik sörayotgan savolga javob: minimum ball bormi?
#abituriyent

Har yili test sinovlarida minimum ball çegarasi qöyiladi. Yaʼni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat özgalar bilan, eng avvalo özi bilan ham kuraşişi kerak. Agar abituriyent minimum ballni töplay olmasa, unda hattoki kvotada joy bölsa ham, talabalikka qabul qilinmaydi.

Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek:

Tölov-kontrakt uçun – 56,7 ball;

Davlat granti uçun – 68 ball.

❓Bu nima degani?

Aniq misol bilan tuşuntiraman.

Yuqoridagi suratda 2019-yilgi mandat natijalari aks etgan. 1-rasmdagi Toşkent temir yöl transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yönalişining rus guruhiga 2019-yili jami 24 ta kvota ajratilgan. Şundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt.

Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-örindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam töplaganini köriş mumkin. Demak, ular garçi kvota içida turgan bölsa ham talabalikka qabul qilinmagan.

2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Biotexnologiya” yönalişida Andijon viloyati uçun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. Öşa 1 ta grant örni uçun 2019-yili 10 kişi hujjat topşirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barçasi 68 balldan kam töplagan. Demak, öşa davlat granti uçun ajratilgan 1 ta öringa heç kim kira olmagan. Böş qolgan.

Minimum ball degani şunaqa böladi.

Töğrisini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab çiqqanlar omadi kelib 60-70 ball oladigan bir zamonda yoşlarimizning atigi 56,7 ball töplay olmasligi bizni xavotirga solişi kerak, albatta. Masalan, 2022-yili 51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham töplay olmagandi. Yaʼni abituriyentlarning yarmidan köpi 30%lik natijani ham qayd etolmagan.

Bu şubhasiz, fojiamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek