Tushuntirish

Kunduzgi bilan keçki qöşib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa böladi?

Albom4-avgust, 2025, 16:082 daqiqa0 koʻrish

❓Kunduzgi bilan keçki qöşib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa böladi?
#abituriyent

✅ JAVOB: davlat granti uçun kvota ajratilmagan taʼlim şakllarida öz-özidan faqat tölov-kontrakt uçun tanlov böladi.

Abituriyentlar yönaliş tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilaşlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Taʼlim yönalişi».

Bu ikkalasining maʼnosi haqida:
https://t.me/xushnudbek/28889

Mana bu video batafsil tuşuntirganman:
https://youtu.be/J955pcrDgWM

Ammo 2022-yildan boşlab bir neçta taʼlim şakllarini aralaş tanlaş imkoni paydo böldi. Yaʼni bir abituriyent beşta yönaliş tanlayotganda ham kunduzgi, ham keçki va ham masofaviyni aralaştirib tanlaşi mumkin.

Şu sababli köpçilikda savol tuğilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda keçki yoki masofaviy taʼlim şakllarida tanlov qanaqa böladi, axir ularda davlat granti yöq-ku deb.

Buni sözda tuşuntiriş biroz muşkulroq, şu sababli ikkala ustuvorlik uçun ham alohida çizma tayyorladim. Şunda ketma-ketlik qanaqa bölişini osonroq tuşunib olişingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bölaveradi, faqat keçki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi taşlab ketiladi xolos.

Agar siz beşalasiga ham keçki yoki masofaviy yönalişni tanlab, bironta ham kunduzgi yönalişni tanlamagan bölsangiz, unda sizga ustuvorlikning mutlaqo farqi yöq. Xohlaganingizni tanlayvering, ikkalasi ham birdek amal qiladi, yaʼni faqat kontrakt körib çiqiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek