Kvotalar tasdiqlandi
❗️Kvotalar tasdiqlandi
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi tomonidan 2026/2027-öquv yili uçun davlat oliy taʼlim taşkilotlari umumiy qabul parametrlari, jumladan, quyidagilar tasdiqlandi:
➖ Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yönalişlari uçun davlat granti kvotalari 35 foizga oşirilişi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari;
➖ Bakalavriat va magistratura böyiça umumiy qabul parametrlari taʼlim şakllari hamda öqitiş tillari kesimida;
➖ Tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boşqa yönalişlarning ixtisoslaşuviga köra qabul taqsimoti;
➖ Nogironligi bölgan şaxslar uçun qöşimça 2 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun qöşimça 1 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ Içki işlar organlari xodimlari farzandlari uçun qöşimça 5 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ Qurolli Kuçlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari farzandlari uçun davlat granti kvotalari;
➖ Muddatli harbiy xizmatni ötab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uçun alohida 5 foizlik qabul körsatkiçlari;
➖ Bojxona organlari xodimlari farzandlari uçun qöşimça 2 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uçun qöşimça 10 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ Örmonçilar va ularning farzandlari uçun qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari;
➖ Xorijdagi yoş vatandoşlar uçun ajratilgan 30 ta davlat granti örinlari;
➖ Davlat granti uluşining taʼlim sohalari va bakalavriat yönalişlari böyiça taqsimoti;
➖ Kamida 5 yillik iş stajiga ega fuqarolarni keçki taʼlimga tavsiya etiş huquqiga ega vazirlik va idoralar röyxati;
➖ Maktab taʼlimi, soğliqni saqlaş va sanʼat sohalari uçun maqsadli qabul parametrlari;
➖ Maktabgaça taʼlim pedagoglari uçun dual taʼlim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari;
➖ Oliy malaka toifasiga ega maktab öqituvçilari uçun pedagogika magistraturasiga masofaviy taʼlim böyiça maqsadli qabul;
➖ 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uçun 2 500 ta alohida tölov-kontrakt örni;
➖ Xotin-qizlar uçun kunduzgi taʼlimga qöşimça 4 000 ta davlat granti;
➖ Green University uçun vakant davlat buyurtmasi örinlari hisobidan 100 ta qabul parametri;
➖ Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston va Möğuliston fuqarolari uçun davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



