Muhim

Mahkumlarning jazoni ötaş davrida öqigan adabiyotlari böyiça bilimini tasdiqlaş tartibi belgilandi

Matn15-iyun, 2026, 17:361 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzJazo muddati har bir öqilgan kitob uçun 3 kunga, biroq bir yilda köpi bilan 30 kungaça qisqartirilişi mumkin. Tartib umrbod qamalganlarga tatbiq etilmaydi.

❗️Mahkumlarning jazoni ötaş davrida öqigan adabiyotlari böyiça bilimini tasdiqlaş tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, imtihon test şaklida böladi. Jarayon “E-mahkum” axborot tizimidagi alohida modul orqali amalga oşiriladi.

📖 Har bir kitob böyiça 25 ta test savoli beriladi va ularga javob beriş uçun 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Maksimal natija 100 ball bölib, testdan muvaffaqiyatli ötiş uçun kamida 70 ball töplaş talab etiladi.

Mahkum test natijasidan norozi bölsa, 5 iş kuni içida sudga şikoyat qilişi mumkin. Sud test natijasini bekor qilgan taqdirda, qayta imtihon taşkil etiladi.

📚 Öqilişi tavsiya etilgan adabiyotlar röyxati Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Milliy kutubxona va Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan har yili 1-yanvarga qadar tasdiqlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek