Tushuntirish

Maktabgaça taʼlim agentligi tugatildi

Matn4-iyul, 2024, 10:332 daqiqa0 koʻrish

Maktabgaça taʼlim agentligi tugatildi. Endi boğçalar bilan kim şuğullanadi?

Prezidentning tegişli farmoni (PF-98-son, 02.07.2024-y.) bilan, Maktabgaça taʼlim agentligi faoliyati tugatildi hamda Agentlikning taşkiliy tuzilmasidagi taşkilotlar Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga ötkazildi.

Agentlik tugatildi, degan xabarni xuddiki "boğçalar yopildi, endi boğçalar bilan heç kim işlamaydi" deb tuşunmoqda ayrimlar.

Yöq, bu notöğri tasavvur. Bu yerda heç qanaqa afsuslanadigan yoki vahima qiladigan narsa yöq.

Agentlik şunçaki davlat organi sifatida tugatilyapti, lekin uning vazifalari va xodimlari vazirlik tasarrufiga ötyapti. Boğçalar bilan şuğullaniş oldingidek davom etaveradi. Özi şundoq ham Boğça agentligi vazirlik huzurida edi, endi katta ehtimol bilan vazirlikdagi boşqarma şaklida böladi. Boz ustiga, vazirlikning nomi — Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi, nomida ham boğça bor.

Bir paytlar yodingizda bölsa, Davlat xizmatlari agentligi (DXA) bölardi, öşa agentlik ham tugatilib, Adliya vazirligidagi boşqarma bölgandi. Intellektual mulk agentligi bilan ham xuddi şunaqa qilişgan, tugatilib, boşqarmaga aylangan. Lekin bu degani bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari ham yopib yuborildi, ular bilan heç kim şuğullanmayapti, degani emas-ku. Bir maromda işlab turibdi, Xudoga şukr. Boğçalar bilan ham şunaqa böladi, degan umiddamiz.

Boşqaça aytganda Agentlikning tugatilişi uning direktori, örinbosarlari, ularning kotibalariyu yordamçilari, ularning xizmat maşinalari tugatilyapti, degani xolos.

Ilgari taʼlimga oid 3 ta vazirlik bor edi: boğça, maktab va oliy taʼlim. Doim mana şu vazirliklar örnida yagona Taʼlim vazirligi tuzib, uçalasini ham tugatiş, yaʼni ularni ixçamroq qiliş haqida gapirib kelganmiz. Hozir şu vazirliklardan 2 ta qoldi. Menga qolsa, şu ikkalasini ham birlaştirib yuborgan bölardim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek