Mandat qaçon çiqişi kerak?
❓Mandat qaçon çiqişi kerak?
✅ JAVOB: Testlar töliq tugagaç 1 hafta içida.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 14-bandiga köra, abituriyentning test sinovidan töplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi ötkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani böyiça tanlov natijasi test sinovlarini ötkaziş jarayoni töliq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat içida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Joriy yil test sinovlarining oxirgi kuni 20-avgustda böldi. Qonunçilikka köra, mandat şu sanadan boşlab 1 hafta içida eʼlon qilinişi kerak.
❗️Demak, bugun — 27-avgust kuni mandat çiqişi kerak bölgan qonuniy sananing oxirgi kuni.
Agar bugun soat 23:59-gaça mandat çiqmasa, keçikkan har bir kun qonunbuziliş, deb hisoblanadi. Ammo ötgan yillardagi amaliyotdan körganmizki, bu qonunbuziliş (mandat keçikişi) uçun kimdir jazolanişi dargumon.
Mayli, kutaylikçi, hali kun tugaşiga yana 3 yarim soat vaqt bor.
👉 @xushnudbek 👈


