«Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi Qonun imzolandi
Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida qonun.pdf
PDF · 12 MB
“Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonun imzolandi
Qonun quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
— davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
— davlat muassasalariga;
— davlat unitar korxonalariga;
— davlat maqsadli jamğarmalariga;
— ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bölgan aksiyadorlik jamiyatlariga.
✔️ Quyidagi şaxslar davlat organining yoki boşqa taşkilotning xodimiga aloqador şaxslar deb eʼtirof etiladi:
➖ davlat organi yoki boşqa taşkilot xodimining yaqin qarindoşlari;
➖ davlat organining yoki boşqa taşkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoşlari qaysi yuridik şaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki uluşlariga egalik qilsa, öşa yuridik şaxs;
➖ davlat organining yoki boşqa taşkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoşlari qaysi yuridik şaxsda boşqaruv organining rahbari yoki aʼzosi bölsa, öşa yuridik şaxs.
📋 Qonunga köra, davlat organining yoki boşqa taşkilotning xodimi quyidagi hollarda mavjud manfaatlar töqnaşuvi öziga maʼlum bölib qolgan paytdan eʼtiboran 1 iş kuni içida mavjud manfaatlar töqnaşuvi haqidagi belgilangan şakldagi xabarnomani töldirişi va özining bevosita rahbariga (taşkilot rahbariga – yuqori turuvçi rahbarga) yoki maxsus bölinmaga taqdim etişi şart, agar:
🔸yaqin qarindoşlari bevosita xodimning böysunuvidagi işga qabul qilingan bölsa (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvçi lavozimga işga qabul qilingan hollar bundan mustasno) yoki xodimning işiga fuqarolik-huquqiy şartnoma asosida öziga aloqador şaxslar jalb etilgan bölsa;
🔸u öziga aloqador şaxslarga taalluqli masalalar böyiça qarorlar qabul qilişda iştirok etayotgan bölsa;
🔸yaqin qarindoşi tekşiruv ötkazilayotgan obyektda (yuridik şaxsda) tekşiruv yönalişi böyiça masʼul mansabdor şaxs sifatida işlayotgan bölsa yoki mazkur tekşiruv obyekti (yuridik şaxs) unga aloqador şaxs bölsa;
🔸boşqa har qanday mavjud manfaatlar töqnaşuvi öziga maʼlum bölib qolsa.
✅ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy ötgaç kuçga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈



