Sport

Medallarimiz haqida qiziq faktlar

Albom12-avgust, 2024, 13:013 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Medallarimiz haqida qiziq faktlar

Özbekiston hisobida barça Olimpiada bahslarining jami 50 ta medali mavjud, şundan 1 tasi qişki Olimpiada, 49 tasi yozgi Olimpiada medali.

50 ta medalning 🥇19 tasi oltin, 🥈8 tasi kumuş, 🥉23 tasi bronza medali.

Sport turlari kesimida

Sport turlari böyiça eng yaxşi körsatkiç, şubhasiz — boksda!

🥊 Boksçilarimiz Olimpiada öyinlarida 🥇10 ta oltin, 🥈2 ta kumuş va 🥉8 ta bronza, jami 20 ta medal olişgan. Boksçilarimiz şuningdek, Pekin-2008 ni hisobga olmasa, qolgan barça Olimpiadada medal olişgani bilan ham ajralib turadi. Yaʼni deyarli har bir Olimpiadada ular bizni xursand qilişgan.

🤼 Keyingi örinda erkin kuraşçilarimiz turadi. Ular 🥇3 ta oltin, 🥈2 ta kumuş va 🥉5 ta bronza, jami 10 ta medal olişgan. Şuningdek, erkin kuraşçilarimizning 2 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medali keyinçalik bekor qilingan. Bu haqda sal pastroqda batafsil öqişingiz mumkin.

🏋🏻 Sifat böyiça uçinçi örinda — oğir atletika! Polvonlarimiz 🥇2 ta oltin, 🥈1 ta kumuş va 🥉1 ta bronza, jami 4 ta medal olişgan.

🥋Keyingi örinda — taekvondo! Uzoq yillar medal oliş nasib qilmagan uşbu sport turida oxirgi 2 ta Olimpiadada Uluğbek Raşitov 🥇2 ta oltin va Svetlana Osipova 🥈1 ta kumuş medal olişdi.

🥋 Dzyudoçilarimiz garçi son jihatdan ança ustun bölsa-da, sifat jihatdan beşinçi örinda. Dzyudoçilarimiz 🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumuş, 🥉7 ta bronza, jami 10 ta medalni qölga kiritişgan.

🤸🏻‍♀️ Va nihoyat, gimnastikaçilarimiz hisobida 🥉2 ta bronza medali bor. Ikkalasi ham Pekin-2008 da qölga kiritilgan.

Qişki Olimpiadada esa yagona oltin medalimiz ⛷️fristayl musobaqalarida olingan.

Hozirça boşqa sport turidan medal oliş nasib qilmagan.

❌ Bekor qilingan medallar

Olimpiadadagi 4 ta medalimiz keyinçalik doping test natijasida bekor qilingan. Jumladan, Artur Taymazovning Pekin-2008 va London-2012 dagi 🥇🥇oltinlari hamda Soslan Tegiyevning Pekin-2008 dagi 🥈kumuşi va London-2012 dagi 🥉bronzasi.

➕ Qöşilgan medal

Öz navbatida London-2012 bahslarida 5-örinni olgan oğir atletikaçimiz Ivan Yefremovga keyinçalik Olimpiya öyinlarining 🥉bronza medali taqdim etilgan. Çunki oltin medal olgan ukrainalik Aleksey Toroxtiy hamda 4-örinni olgan Ruslan Nuriddinovning natijalari bekor qilingan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek