Minus olti. Qabul boşlanganiga 6 kun böldi, kvotalar haligaça eʼlon qilinmadi
Minus olti. Qabul boşlanganiga 6 kun böldi, kvotalar haligaça eʼlon qilinmadi
#abituriyent
20-iyundan qabul jarayonlariga start berildi. Abituriyentlar doimgidek beştagaça yönalişni tanlaşlari mumkin (ijodiy imtihoni bor yönalişlarda faqat bitta tanlanadi).
Ammo haligaça quyidagi kvotalar eʼlon qilinmadi:
1) davlat granti böyiça tillar kesimida kvota;
2) tölov-kontrakt kvotalari (na umumiy, na tillar kesimida);
3) maqsadli qabul, turli toifadagi imtiyozlar (masalan, nogironlar, harbiylarning farzandlari, harbiy tavsiyanomaga egalar va h.k.) uçun ajratilgan kvotalar.
Aslida qonunçilikka köra, uşbu maʼlumotlar 20-iyungaça eʼlon qilinişi kerak edi. Olti kunga keçikmoqda.
Köramiz, joriy yildagi tölaqonli kvotalar qaçon eʼlon qilinar ekan…
👉 @xushnudbek 👈


