Muftiy hazratlaridan Haj va Umraga borişni niyat qilgan dindoşlarimizga iltimos-murojaat!
❗️Muftiy hazratlaridan Haj va Umraga borişni niyat qilgan dindoşlarimizga iltimos-murojaat!
Muqaddas ziyoratdan qaytgaç, ziyofatlaru dabdabalar qiliş dinimizda taqiqlangan. Bu riyo böladi. Riyo esa kiçik şirk, yaʼni katta gunoh.
Muftiy hazratlari buning örniga boşqa savobli taklifni bildirdilar.
Alloh meni ham Kaʼbatulloh tavofiga muşarraf qilsa, Alloh meni ham Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam masjidlarida namoz öqiş, qabrlarida ularga salovat va salom aytiş baxtiga yetkazsa, uşbu ibodatdan qaytgaç, heç qanday riyo va isrof qilmayman, balki heç bölmaganda 2 ta kambağal oilaga qölimdan kelgança yaxşilik qilişga Alloh nasib qilsin, deb niyat qiling.
Bugungi kungaça yil boşidan buyon 40 ming kişi Umraga borib keldi. Agar öşa yurtdoşlarimiz imkoni bölsa, 2 ta oilaning boşini silaganda 80 ming oilaga quvonç kirib borgan bölar edi.
Siz Umradan qaytgandagi riyo, dabdaba va xöjakörsinga sarflaydigan mablağlaringizni 2 ta (qodir bölganlar istasa undan ham köproq) ehtiyojmand oila farzandining öqişiga yoki bemor bölişsa, dori-darmoniga sarflasangiz, Alloh savobingizga savob qöşib beradi, inşaalloh.
Uşbu ezgu niyatlaringizni Alloh muvofiq aylagan bölsin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈


