Tushuntirish

Mustaqillik bayramida neça kun dam olinadi?

Matn23-avgust, 2025, 15:561 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Mustaqillik bayramida neça kun dam olinadi?

✅ JAVOB: Mustaqillik bayramida faqat 1 kun — 1-sentyabr, duşanba kuni dam olinadi.

Qöşimça yoki köçirilgan dam oliş kunlari yöq, deb xabar bermoqda Bandlik vazirligi.

Şanba va yakşanba kunlari esa odatiy rejim böladi, yaʼni 5 kunliklar şanba va yakşanba kuni dam oladi, 6 kunliklar esa faqat yakşanba kuni dam oladi.

Demak:

✅❌ 30-avgust (şanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga iş;
✅✅ 31-avgust (yakşanba) — hammaga odatiy dam;
✅✅ 1-sentyabr (duşanba) — Mustaqillik bayrami, hammaga dam.

P.S.: afsuski, 7 yillik yaxşi anʼana buzilib, joriy yilda dam oliş kunlari yil boşlanişidan oldin eʼlon qilinmadi. Masalan, Navröz bayramida ham, Ramazon hayitida ham qöşimça dam oliş kuni berilmadi. Birgina Qurbon hayitida şanba kuni (7-iyun) faqat 6 kunliklar uçun dam oliş kuni sifatida eʼlon qilindi.

Şundan kelib çiqilsa, balki 30-avgust (şanba)ni ham 6 kunliklar uçun dam oliş qilinsa, yomon bölmasdi. Mayli, avvalgi yillardagi kabi xodimlarga ketma-ket 5 kunlab dam oliş endi berilmasa ham, heç bölmasa, 5 kunlik va 6 kunliklar uçun bir xil şaroit yaratilsa, maqsadga muvofiq bölardi.

Har holda Mustaqillik bayrami kiçkina bayram emas, şiorlarda aytilganidek, “eng uluğ, eng aziz” bayramimiz axir.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek