Namangan şahri sobiq hokimi 11 yilga qamaldi
❗️Namangan şahri sobiq hokimi 11 yilga qamaldi
Jinoyat işlari böyiça Özbekiston tuman sudining hukmi bilan A. O. (1972-yilda tuğilgan, Namangan şahar hokimi lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi:
🔹 167-modda (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi;
🔹 168-modda (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi;
🔹 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş) 2-qismi “a” bandi;
🔹 206-modda (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 2-qismi “a” bandi;
🔹 207-modda (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) 1-qismi;
🔹 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi;
🔹 210-modda (pora oliş) 3-qismi “a” bandi.
Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismi tartibida uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan işlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Jinoyat işi böyiça 3 nafar sudlanuvçiga 7 yildan 10,5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, 2 nafariga 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatiş işlari hamda 1 nafar sudlanuvçiga 3 yilga ozodlikni çeklaş jazolari tayinlandi.
ℹ️ Maʼlumot uçun, Namangan şahar sobiq hokimi 2025-yilda eskirgan turar joylar örniga köp qavatli uy quriş huquqini olib beriş va moliyalaştiriş evaziga vositaçilari orqali 60 ming dollar olgan vaqtida uşlangan edi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars



