Natija körsatgan ijodkorlar uçun qalam haqi va transportda bepul yuriş imtiyozlari beriladi
Natija körsatgan ijodkorlar uçun imtiyozlar:
➖har yili “Milliy ijodkorlar qurultoyi” ötkaziladi;
➖ Qurultoyda yil davomida eng yaxşi natija körsatgan ijodkorlarining badiiy keçasi taşkil qilinadi va ular munosib taqdirlanadi;
➖ Misol uçun, musiqa sohasida kamida 10 ta qöşiq yoki musiqa yaratgan, xalq artisti, xizmat körsatgan artist unvonini olgan yoki xalqaro tanlovlar ğoliblari bölgan, asarlari mamlakat va xalqaro sahnalarda ijro etilayotgan qöşiqçi, sozanda va kompozitorlar;
➖adabiyot sohasida yuqori darajada eʼtirof etilgan badiiy kitob muallifi bölgan, yaratgan asari 50 ming nusxadan ziyod çop etilgan, ijod mahsuli teatr va kinoda sahnalaştirilgan, şeʼrlari “xit” qöşiqqa aylangan şoir, yozuvçi va dramaturglar taqdirlanadi.
➖Ularga quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹yil davomida har oyda 5 million sömdan qalam haqi beriladi;
🔹 Özbekiston böylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanadi;
🔹 Ixtisoslaşgan tibbiyot markazlarida davolaniş xarajati töliq budjetdan qoplanadi;
🔹 Ularning mahorat maktabi va ijod uylari taşkil etiladi.
➖sovrindorlar keyingi yili ham ijodini töxtatmay yangi natijalar qilsa, yuqoridagi imtiyozlarni olişda davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


