Navröz bayramida dam oliş kunlari qanday bölgan?
Navröz bayramida dam oliş kunlari qanday bölgan?
2018-yili Özbekistonda ilk marta yil davomidagi bayramlar uçun dam oliş kunlarini oldindan belgilaş amaliyoti paydo bölgan edi. Yaʼni siz dekabr oyidayoq kelasi yili qaysi bayramda neça kun dam olişingizni oldindan bilar edingiz. Ammo uşbu anʼanaga 2025-yilga kelganda negadir töxtab qoldi.
Ötgan davr mobaynida Navröz bayramida özbekistonliklar neça kun dam olgani haqida maʼlumot yiğib çiqdim. Maʼlum böldiki, 7 yildan buyon har yili Navröz bayrami munosabati bilan qöşimça dam oliş kuni belgilangan ekan. Joriy yilda qöşimça dam oliş kuni berilmadi.
***
2018-yil: 5 kunliklar uçun ketma-ket 5 kun, 6 kunliklar uçun 2 kun dam oliş.
Izoh: 2018-yil 20-martda hammaga qöşimça dam oliş kuni berilgan. Şuningdek, 5 kunliklar uçun 2 ta dam oliş kuni iş kuniga köçirilgan.
***
2019-yil: 5 kunliklar uçun ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar uçun 2 kun.
Izoh: 2019-yil 22-martda hammaga qöşimça dam oliş kuni berilgan.
***
2020-yil: Karantin bölgan. Lekin rasman 2020-yil 23-martda hammaga qöşimça dam oliş kuni berilgan edi.
***
2021-yil: barça uçun ketma-ket 3 kun
Izoh: 6 kunliklar uçun 20-mart (şanba) va 22-mart (duşanba) qöşimça dam oliş kuni bölgan, 5 kunliklarga esa iş kuni duşanbadan şanbaga köçirilgan.
***
2022-yil: 5 kunliklar uçun ketma-ket 5 kun, 6 kunliklar uçun 4 kun
Izoh: 2022-yil 22 va 23-martda hammaga qöşimça dam oliş kuni berilgan.
***
2023-yil: 5 kunliklar uçun ketma-ket 5 kun, 6 kunliklar uçun 4 kun
Izoh: 6 kunliklar uçun 20-mart (duşanba) va 22-mart (çorşanba) qöşimça dam oliş kuni bölgan, 5 kunliklar esa 20 va 22-mart kunlari dam olgani evaziga ikkita hafta şanba kuni işlab berişgan.
***
2024-yil: barça uçun ketma-ket 4 kun
Izoh: 6 kunliklarga 2 kun, 5 kunliklarga 1 kun qöşimça dam oliş kuni berilgan.
👉 @xushnudbek 👈

