Fikr

Nazarboyevning merosi va Qozoğiston iqtisodiyoti tahlili

Matn6-aprel, 2019, 22:132 daqiqa0 koʻrish

Manba:Iqtisodchi Kundaligi

​​Nazarboyev

Avtoritar rejimlarda mamlakat yetakçisi öz taxtidan ketişi juda noyob hodisa. Odatda avtoritar liderlar, uruş, harbiy töntaruv (coup), revolyutsiya yoki eng kamida liderning tabiiy ölimi tufayli taxtdan ketadi. Yaʼni Nazarboyevning ketişi muhim tarixiy hodisa, u tarixdagi öz xohişi bilan ketgan bir qöl barmoqlarida sanab ötsa böladigan mamlakat rahbarlari qatoridan örin oldi.

Endi uning merosiga qaraymiz. Hukumatlarning sifatini eng yaxşi ölçov birligi, odatda, aholining daromadlari va hayotning sifatidir. Iqtisodçilar aholining turmuş tarzini kişi boşiga Yalpi Içki Mahsulotda ölçaydilar. Yaʼni, YIMning ösiş darajasi hukumat sifatining eng muhim ölçov birligi.

Nazarboyevni bu narsada omadi keldi deyişimiz mumkin, axir 2000 yillar boşidan, dunyo bozorida neft narxi keskin kötarilgan, va Qozoğiston iqtisodiyoti kutilganidek jadal rivojlangan. Lekin Nazarboyev omadlik degan xulosa qilişga hali erta, çunki Qozoğistonning şimoliy qöşnisi Rossiyada ham neft köp edi va neftdan taşqari bir qator resurslar, va eng muhimi juda taʼlimli aholisi ham bor edi. Lekin 2019 yilga kelib, Qozoğiston aholi jon boşiga daromadlar böyiça Rossiyadan özib ketdi (agar PPPga hisoblasak, nominalda Rossiya ozgina balandroq). Eng qiziği, Rossiya daromadlarning neft narxiga bölgan boğliqligi (korrelyatsiyasi) Qozoğistonnikidan ham balandroq. Yaʼni Qozoğiston neftdan Rossiyaga qaraganda “mustaqilroq”.

Bu degani, muhim ölçovlarga köra, Nazarboyev sobiq ittifoqning eng effektiv hukumat rahbarlaridan. Özi SSSR qulamaganida, aynan Nazarboyev ittifoqning keyingi boş vaziri (SOVMIN raisi) bölişi kerak edi. Buyoği esa tarix...

Rasmda Qozoğiston, Rossiya va Özbekistonning YIMlari körsatilgan (bugungi dollarda).

Qiziq bir raqam: 1999-yili, Özbekiston Qozoğistondan kişi boşiga örtaça 60% ga kambağalroq edi (bizni PPPga işonmayman), 20 yildan söng 600% ga kambağalroq.

Manba: XB

P.S. Meni köp Qozoğistonlik döstlarim bor, va ular Nazarboyevga nisbatan turli hil fikrga egalar, lekin heç biri uni mutlaq "yaxşi" deya olmaydi. Lekin şunday deyişga haqlilar deb öylayman.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek