Rasman

Nemis tili öqituvçilari Germaniyada malaka oşiradi

Foto5-avgust, 2024, 15:021 daqiqa0 koʻrish

Nemis tili öqituvçilari Germaniyada malaka oşiradi

Vazirlar Mahkamasining “Özbekistonda nemis tilini öqitiş tizimini yanada takomillaştiriş hamda yoşlarni Germaniyada kasbiy taʼlimga yönaltirişga kömaklaşiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda 168 nafar mutaxassis-öqituvçi Germaniyada malaka oşirib qaytişi közda tutilgan. Şuningdek, respublikaning barça hududlarida nemis tili kurslari taşkil etiladi.

Savdo-sanoat palatasi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Germaniya-Özbekiston işbilarmonlar hamkorligi – “DUWK” byurosi, Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal ölkasi va “Askania Future GmbH” kompaniyasi bilan hamkorligida yölga qöyilgan mazkur loyiha doirasida bugun “Kasbiy taʼlim va xorijiy tillarni rivojlantiriş” nodavlat taʼlim muassasasi va nemis hamkorlari tomonidan saralab olingan 28 nafar nemis tili mutaxassisi Germaniyaga jönab ketdi.

Loyihaning ikkinçi bosqiçida oliy taʼlim tizimidagi yana 28 nafar öqituvçi Germaniyaga malaka oşiriş uçun yuboriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek