Nikohni 21 yoşga yetganlar örtasida tuziş moliyaviy rağbatlantiriladi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş hamda jazo çoralarini qatʼiylaştirişga oid farmonni imzoladi.👫Nikohni 21 yoşga yetganlar örtasida tuziş moliyaviy rağbatlantiriladi
Bugun Prezident tomonidan imzolangan farmonda erta nikoh va erta yoşdagi tuğuruqlarning oldini oliş böyiça quyidagi taşabbuslar örin olgan:
🔸 nikohni 21 yoşga yetgan şaxslar örtasida tuzilişini rağbatlantiriş maqsadida qöşimça moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini joriy etiş;
🔸 davlat bojidan imtiyozlar beriş yöli bilan nikohlanuvçilar örtasida nikoh şartnomasi tuzilişini rağbatlantiriş;
🔸 nikoh yoşiga oid qonunçilikni buzganlik uçun jarimaning 15 foizini bunday holat haqida xabar bergan şaxslarga beriş tartibini joriy etiş;
🔸 erta nikoh va 16 yoşgaça bölgan homiladorlik holatlari haqida içki işlar organlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar beriş böyiça idoralararo zanjirni yölga qöyiş, bunda qayd etilgan holatlar haqida xabar bermaslik uçun maʼmuriy javobgarlikni belgilaş;
🔸 homilador yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan band talaba qizlar uçun taʼlimni davom ettiriş imkonini beriş orqali ularni taʼlimdan tuşib qolişining oldini oliş va boşqalar.
👉 @xushnudbek 👈
- 9 Telegram Stars

