Tushuntirish

Nima uçun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlaniş uçun tavsiya etilmaganiga izoh berildi

Matn1-dekabr, 2022, 15:141 daqiqa0 koʻrish

Nima uçun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlaniş uçun tavsiya etilmaganiga izoh berildi

Şu yil 28-oktabr kuni DTM OTMlarga kiriş test sinovlariga tayyorgarlik köriş uçun tavsiya etilgan darsliklar va öquv adabiyotlari röyxatini eʼlon qilgandi.

Unda 2022-2023-öquv yilida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taʼlim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uçun yangi joriy etilgan öquv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.

Testologiya asoslariga köra, saralaş imtihonlarida qöllanadigan test topşiriqlari sinaluvçilar tomonidan özlaştirilmagan öquv dasturlari asosida şakllantirilişi mumkin emas.

Umumtaʼlim maktablarini joriy öquv yilida bitiradigan öquvçilar 6-, 7- va 10-sinflar uçun yangi joriy etilgan öquv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida taʼlim olmagan.

Şu sababli 2023-yilda ötkaziladigan OTMlarga kiriş test sinovlariga tayyorgarlik köriş uçun tavsiya etilgan öquv adabiyotlari röyxatida yangi darsliklar keltirilmagan, deyiladi DTM izohida.

❗️Yaqin kunlarda DTM mutasaddilari iştirokida test savollari va darsliklar mavzusida ovozli çat qilmoqçimiz. Uşbu mavzuga oid savollaringiz bölsa, mana bu yerda qoldirişingiz mumkin.

Ovozli çat sanasi va vaqti qöşimça xabar qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek