Nodavlat OTMlar faoliyatini bitiruvçilarning işga joylaşişiga qarab tugatiş taklifiga munosabat
Talabalar haqida mavzu oçilgan ekan, qisqagina munosabat bildirib ketay:
Öşa kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir yiğilişda işga joylanmagan bitiruvçilari soni köp bölgan nodavlat OTM sifatsiz taʼlim berayotgan muassasa deb topilişi va kelajakda ularning faoliyatini tugatiş masalasi körib çiqilişi haqida ogohlantirgani aytilgandi.
Mening şaxsiy fikrimça, bu umuman taʼlimni tuşunmaydigan insonning gapi. Bunaqa yondoşuv:
Birinçidan, nodavlat oliy taʼlim rivojiga keskin salbiy taʼsir qiladi;
Ikkinçidan, işga joylaşişda şundoq ham közböyamaçilik va quruq statistika uçun qilinadigan soxtakorlikni yanada kuçaytirib yuboradi;
Uçinçidan, nodavlat taʼlimga litsenziya beriş va olişda şundoq ham hozir mavjud bölgan korrupsiyaviy holatlarni battar köpaytiradi va h.k.
Bu qisqa fikrlarim, keyinroq bir qölim tegsa, batafsilroq yozaman bu haqda. Balki video yoki ovozli çat qilarmiz.
Xullas, taʼlim kottakonlari sohaga oid bunaqa bayonotlar berişda sal ehtiyotkor bölişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈


