Sport

Nodirbek Abdusattorov çempion va dunyoning 4-raqamli şaxmatçisi!

Albom7-mart, 2024, 00:322 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov çempion va dunyoning 4-raqamli şaxmatçisi!

Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters” turnirida muddatidan oldin çempion böldi.

U hozirgina asosiy taʼqibçisi 🇮🇷Parxam Maxsudlu ustidan qiyin bahsda 2 marta (!) farzinni qurbon qilgan holda ğalaba qozondi va turnir tugaşiga 1 tur qolganda muddatidan oldin çempion böldi. Nodirbek 8 imkoniyatdan 6 oçko töpladi. Uning taʼqibçilarida esa 4,5 oçko bor. Yaʼni oxirgi turda qanaqa natija bölişidan qatʼi nazar hamyurtimizga heç kim yeta olmaydi.

Yanada quvonarli yangilik şundaki, uşbu ğalabadan söng Nodirbek Abdusattorov onlayn şaxmat reytingida dunyoning eng kuçli TOP-4 şaxmatçilari qatoridan joy oldi!!!

Uning hisobida 2765.5 reyting oçkosi bor va u amaldagi şaxmat toji egasi🇨🇳Ding Lijendan ham ötib ketdi!

Nodirbek, barakalla! Çempionlik muborak bölsin! Tez orada dunyo reytingida 1-örinda ham köriş nasib qilsin, ilohim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek