Nogironligi bölgan şaxslar uçun 2025-yilgi qabulda 3 907 ta alohida grant kvotasi ajratildi
Nogironligi_bor_fuqarolar_uchun2_foizli_grant_2025.pdf
PDF · 10 MB
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
✅ NOGIRONLIGI BÖLGAN ŞAXSLAR UÇUN
Respublika miqyosda nogironligi bölgan şaxslar uçun jami 3 ming 907 ta (ötgan yilgidan 9 taga köp) davlat granti böyiça alohida kvota ajratilgan.
▪️Taʼlim şakllari kesimida:
➖ kunduzgi — 2 968 ta;
➖ keçki — 575 ta;
➖ masofaviy — 364 ta.
ESLATMA: uşbu imtiyozli kvotalar tanlangan beşta yönalişga ham ötadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinçi yönalişga taalluqli bölar edi, ammo nogironligi bor şaxslar uçun istisno sifatida beşalasiga ham ötişi belgilangan.
Qoida böyiça nogironligi bölgan şaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik özi çiqadi. Qölda kiritiş şart emas.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?
Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?
Masalan, Toşkent davlat texnika universitetining kunduzgi şaklida nogironligi bor şaxslar uçun 51 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi şakliga topşirgan. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.
Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 200 nafar abituriyentlar orasida eng köp ball töplagan 51 nafar abituriyent davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 149 nafar nogironligi bor şaxslar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.
❓Nogironligi bor şaxslarga 2% ball qöşib beradimi?
Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

