Odamiylik bahosi

Albom3-sentabr, 2024, 13:474 daqiqa0 koʻrish

Odamiylik bahosi

Internetning qozoq segmentida yana özbek boksçilari trendga çiqdi.

Gap şundaki, Qozoğistonda Bekzat Sattorxonov degan maşhur boksçi bölgan. U Sidney-2000 Olimpiadasida oltin medal olgan. Çempionlikdan 6 oy ötib, avtohalokatda vafot etgan.

Bekzatning onasi yaqinda intervyu berdi. Jurnalist "Sizdan kimlar xabar olib turadi?" deya söradi. Bunga javoban, faqat özbek boksçilari har yili xabar olgani keladi, baʼzan katta Ikarus avtobusda kelgan payti ham bölgan, baʼzan 10 kişilik mikroavtobusda kelişadi, bu yil ham kelişdi, lekin özimizning qozoq boksçilaridan bir kişidan boşqa heç kim yöqlamaydi, 24 yildan buyon heç kimni körmadim, degan.

"Bizda ayrimlar özbeklarni yomonlayapti-ku, şunça oltin oldi deb körolmayapmiz, lekin bu notöğri. Özbeklar qöşnilarimiz va ular nimaga erişsa, öz mehnati bilan erişyapti. Bundan taşqari özbeklar ötganlarning ruhini qadrlaşni ham biladi" — deya qöşimça qilgan marhum çempionning onasi Sirliköl Sattarxonova.

Uşbu intervyu internetda yaşin tezligida tarqalmoqda. Izohlarda esa qozoq qardoşlarimiz özbek boksçilarining odamgarçiligini uluğlamoqda.

Ayrim izohlar:

"Özbek xalqi haqidagi fikrlarim keskin özgardi. Özbek baurlarim, yaraysizlar!"
"Opa, ular sizdan doim duo olib yurişgan ekan-ku, oltinlarning siri ham şundadir balki, Alloh Sizning duolaringizni qabul qilibdi-da. Özbek baurlarimizdan Alloh rozi bölsin"
"Duo bilan yer kökaradi... Özbek boksçilariga respekt, öşançun natijasi 5 oltin ekan!!!"
"Bizda özbeklarni yomonlaydigan ahmoqlar bor. Biroq özlari ahmoq ekanligini bilmaydi"

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek