Öliklar bilan hosil teramiz
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz25-fevral kuni haydovçilik guvohnomasisiz BMW boşqargan 10-sinf öquvçisi urib yuborgan inspektor Xosilbek Eşnazarov şifoxonada vafot etdi.😭 Öliklar bilan hosil teramiz
Afsus, ming afsus, marhum inspektor Eşnazarovdan ikki öğil va bir qiz yetim qoldi.
Bu şunçaki tasodifiy voqea emas, balki uzoq yillardan buyon yöl harakati xavfsizligi sohasida buzuq qadriyatlar ustuvor bölib kelayotganining natijasi. Aslida şu sohaga masʼullar barça aybni öz zimmasiga olişi kerak.
Avtoterroristlar erkalatiladigan, avtomobil uluğlanadigan diyorda hali bu kabi ayançli voqealar yana böladi.
Çunki bizda maqsad qoidabuzarlarga qarşi kuraş emas, balki jarima orqali köproq soqqa undiriş bölgan. Masalan, bugun ham Özbekistondagi eng katta jarima bu ruxsatsiz tonirovka bilan yuriş uçun örnatilgan. Lekin qizilda ötganda jarima salkam 10 barobar arzon. Belgilangan tezlikdan 60 km/soat tezroq kelganda jarima salkam 2 baravar arzon.
Şunaqa jazo tizimini işlab çiqqanlarning qurt yegan kallalariga qoyil!
Bu tizim byudjetga milliardlab pul tuşiradi, kambağallarni qoidalarga böysunişga majburlaydi (çunki ularning puli yöq), ammo boylar uçun naq jannat böladi. Pulini tölab, istagança qoida buzaveradi. Maqtanib internetga qöyaveradi. YPX inspektorlarining ustidan xohlagança kulaveradi. Xullas, avtoterrorist boylar davlatga ham, qonunlarga ham tupurib qöygan.
Şunaqa muhit, şunaqa qonunçilik yaratgan ham özimiz. Ana endi hosilini ham özimiz teramiz. Faqat bu qonli hosil. Har yili minglab öliklar bilan badal tölaymiz. Ota-onasiz qolgan yetimlar, bolasiz qolgan ota-onalarning qonli köz yoşlari bilan hosil terişga majburmiz.
Barakalla! Masʼullarga rahmat! Qonun çiqaruvçi parlamentimizga taşakkur.
Butun dunyo şahar içida tezlikni kamaytiriş, piyodalarga ustunlik beriş, maşinalarni çeklaş haqida öylayotgan bir davrda biz şahar içida ruxsat etilgan tezlikni oşirayotganimizning özi kimligimizni aytib turibdi. Buzuq miyalar, buzuq kallalar, buzuq qadriyatlar, bir söz bilan aytganda — buzuq tizim.
👉 @xushnudbek 👈
- 235 Telegram Stars

