Tezkor

Oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiritib qöyiş bilan boğliq firibgarlik holatlariga çek qöyildi

Matn29-iyun, 2023, 11:572 daqiqa0 koʻrish

Oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiritib qöyiş bilan boğliq firibgarlik holatlariga çek qöyildi

Quvasoy şahridagi maxsus maktab-internati xodimi muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan, Farğona davlat universiteti talabasi bilan özaro til biriktirib, mahalliy fuqaroni mazkur OTMning «Boşlanğiç taʼlim va sport-tarbiyaviy işi» yönalişiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3400 AQŞ dollari talab qilişadi.

Ötkazilgan tezkor tadbirda, maxsus maktab-internati xodimi söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

***

Buvayda tumanida kuzatilgan holatda esa maktab öqituvçisi yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali, Rişton tumanida yaşovçi fuqaroning Qirğizistondagi oliygohdan öqişini Andijon davlat tibbiyot institutiga köçirib beriş evaziga 8 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 1500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

***

Özbekiston Milliy universiteti talabasi mansabdor tanişlari orqali, Nurafşon şahrida yaşovçi fuqaroni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 7500 AQŞ dollari talab qilib, oldindan 4000 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

***

Boşqa bir holatda esa Buxoro innovatsiyalar universiteti xodimi mahalliy fuqaroni aldov yöli bilan işonçiga kirib, uni Qirğizistondagi oliygohda öqiyotganligi töğrisida soxta hujjatlar tayyorlab, goʼyoki köçiriş yöli bilan Buxoro şahridagi Osiyo xalqaro universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 26 mln. söm talab qiladi va oldindan 500 AQŞ dollari va 14 mln. 400 ming söm olgan vaqtida uşlandi.

***

Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida yaşovçi, 1997 y.t. şaxs Guliston şahrida istiqomat qiluvçi fuqaroning işonçiga kirib, tanişlari yordamida uni Guliston davlat universitetining “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakultetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 4500 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

***

Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyati işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX matbuot xizmati

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek