Xorijiy va nodavlat OTMlardan öqişni köçiriş böyiça testlar 16-avgust kuni ötkaziladi
⚡️Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMga öqişni köçiriş böyiça test sinovlari 16-avgust kuni ötkaziladi
✅ Test sinovlari ikki smenada taşkil etilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bölib ötadi.
⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan böyiça ötkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topşiriği va ularni işlaş uçun 3 soat vaqt beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan olişlari mumkin.
❗️Talabgorlar test sinovi ötkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelişlari lozim.
👉 @xushnudbek 👈


