Öqişni köçiriş uçun transkript berişmayaptimi?
❓Öqişni köçiriş uçun transkript berişmayaptimi?
Hozir “perevod” mavsumi. Har yili xorijdan va özimizdagi nodavlat oliygohlardan bir neça ön ming talaba öqişini davlat oliygohiga köçirişni xohlaydi.
Bunda onlayn ariza yuboriş çoğida talabaning baholari aks etgan transkript ham kerak böladi. Lekin ayni kunlarda ayrim xususiy oliygohlar öz talabalariga transkript bermasdan qiynayotgan ekan. Transkript beriş evaziga turli şartlar ham qöyişmoqda, talabalarni sarson qilişmoqda. Bu yaxşi emas.
Yana kim şunaqa muammolarga uçramoqda? Izolarda yozib qoldiring. Umumlaştirib, tegişli taşkilotlar orqali hal qilişga harakat qilamiz.
Avvalo öşa oliygoh maʼmuriyati öziga savol berişi kerak: nima uçun şunça talaba bizdan ketmoqçi?
Bunga odatda 2 ta sabab böladi: yoki taʼlim sifati öta rasvo, u yerda qolişdan maʼno yöq, yoki talabçanlik va nazorat öta yuqoriligidan talabalar qiynalmoqda, içki imtihonlardan yiqilmoqda, pul yoki taniş-bilişçilik ötmayapti.
Agar ikkinçi sabab tufayli talabalar “perevod” qilişni xohlayotgan bölsa, unda nazorati kuçli, taʼlim sifati yuqori bölgan oliygohlarning özi bundan manfaatdor böladi. “Bizni ham, özingni ham qiynamay, boşqa joyga keta qol, baribir özlaştira olmayapsan” deyişadi va pattasini tutqazişadi.
Agar juda köp talabalar ketişni xohlayotgan bölsa-yu, lekin oliygoh rahbariyati bunga sunʼiy tösiq qöyib, ketayotganlarni uşlab qolişga harakat qilayotgan bölsa, demak, katta ehtimol bilan birinçi variant böladi: yaʼni u yerda taʼlim sifati rasvo.
Töğri, “perevod” qiliş uçun bu ikkisidan boşqa obyektiv va subyektiv sabablar ham bölişi mumkin, lekin ular kam sonli individual holatlar hisoblanadi.
Yana bir fikr: “perevod” qilib ketaman deganlardan köp ham qörqmanglar, har yili örtaça 10% talabgor ötiş balini töplay oladi xolos. Qolgan 90%i baribir yana qaytib keladi.
👉 @xushnudbek 👈



