Muhim
Öqituvçilarga tölanmay qolgan qariyb 8 mlrd sömlik taʼtil pullari undirib berildi
Matn26-iyul, 2023, 10:301 daqiqa0 koʻrish
Öqituvçilarga tölanmay qolgan qariyb 8 mlrd sömlik taʼtil pullari undirib berildi
Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşi tomonidan 9 ming 403 ta taʼlim muassasalarida pedagoglarga mehnat taʼtili uçun haq tölanişi holati örganilgan.
Örganişlarda respublika böyiça jami 656 ta holatda buyruqni rasmiylaştirişda xatolikka yöl qöyilgani, buning natijasida mehnat taʼtili uçun haq belgilanganidan kam tölangani aniqlangan.
Körilgan taʼsir çoralaridan söng 8 ming 243 nafar pedagogning taʼtil pullari qayta hisob-kitob qilinib, ular foydasiga jami 7 mlrd 825 mln söm mablağ undirib berilgan.
👉 @xushnudbek 👈


