Öqituvçilarga BYD Chazor avtomobili sovğa qilindi

Albom17-sentabr, 2025, 14:352 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🚗 Öqituvçilarga BYD Chazor avtomobili sovğa qilindi

Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi 37-maktabning ingliz tili muallimasi Nodira Nabiyeva hamda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili öqituvçisi Billura Ikromova Prezident tomonidan taqdirlandi.

❗️Maʼlumot uçun, Nodira Nabiyeva eşitiş qobiliyatida nuqsoni borlar uçun “inglizça-özbekça surdo luğat” yaratgan bölib, Germaniyaning “Lambert Academic Publişing”  naşriyotida uning “Teaçing English to deaf students” nomli kitobi çop etilgan. 8 ta tilda tarjima qilingan mazkur adabiyot AQŞning Galladet universitetida yordamçi öquv-uslubiy qöllanma sifatida foydalanilmoqda.

Billura Ikromova esa Top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirgan. Hozirda Romitanning eng çekka qişloğidagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda. U — TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi nufuzli xalqaro sertifikatlar sohibi, qişloq qizlari uçun mentorlik loyihasi taşabbuskori.

👉@xushnudbek👈

  • 12 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek