Öquvçi-yoşlar va talabalar uçun «Zakovat stipendiyasi»ni beriş tartibi tasdiqlandi
Manba:Zakovat intellektual klubi
Öquvçi-yoşlar va talabalar uçun “Zakovat stipendiyasi”ni beriş tartibi tasdiqlandi
2022-2023-öquv yilidan boşlab “Zakovat” va boşqa intellektual öyinlarning respublika bosqiçida ğolib va sovrindor bölgan jamoa aʼzolari uçun yil davomida har oy “Zakovat stipendiyasi” beriladi.
“Zakovat stipendiyasi” intellektual öyinlarning respublika bosqiçida:
1-örinni olgan öquvçi-yoşlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 söm);
2-örinni olgan öquvçi-yoşlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 söm);
3-örinni olgan öquvçi-yoşlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 söm) belgilanadi va yil davomida har oy tölab beriladi.
Bunda 3 xil yönalişdagi intellektual turnirlar ğoliblariga stipendiya tayinlanadi:
1️⃣ umumiy örta taʼlim;
2️⃣ örta maxsus va professional taʼlim;
3️⃣ oliy taʼlim.
Stipendiya tayinlanadigan respublika turnirlari röyxati Respublika taşkiliy qömitasi tomonidan tasdiqlanadi.
➖ @zakovat
- 👍 769
