«Örikzor»dagi quriliş bozori sud qarori bilan vaqtinça yopildi
❗️“Örikzor”dagi quriliş bozori sud qarori bilan vaqtinça yopildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Uçtepa tumanidagi Örikzor “Stroy gorod” quriliş bozori böyiça özboşimçalik bilan elektr energiyasidan uzilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining maʼlum qilişiça, aslida Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan, “OZIQ-OVQAT STANDART KARTON” MÇJga qaraşli savdo binolari va xonalarida aniqlangan yonğin xavfsizligi böyiça kamçiliklar va qonun buzilişlari töliq bartaraf etilgunga qadar iş faoliyatini vaqtinça töxtatib turiş böyiça hal qiluv qarori çiqarilgan.
Şunga asosan, savdo kompleksi faoliyati 27-iyun kunidan boşlab şahar FVB tomonidan vaqtinça töxtatilgan.
👉 @xushnudbek 👈



