Muhim

Osiyo va Paraosiyo öyinlari ğoliblari uçun mukofot pullari miqdori 2 baravar oşirildi

Matn26-sentabr, 2023, 20:461 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzOltin medal uçun 5 000 dollar va 99 mln söm, kumuşga 3 000 dollar va 66 mln söm, bronzaga esa 2 000 dollar va 33 mln söm miqdorida mukofot pullari beriladi.

Mukofot puli miqdorlari özgargan ekan:

Men yuqorida aytgan mukofot pullari 2022-yil 5-maydagi «2023-yilda Xançjou şahrida (Xitoy) bölib ötadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo öyinlariga Özbekiston sportçilarini kompleks tayyorlaş töğrisida»gi PQ-234-son qarorida belgilangan edi. LexUz saytida hozir ham uşbu qaror va undagi pul mukofotlari öz kuçida turibdi.

Ammo 2023-yil 8-apreldagi PQ-114-sonli Prezident qarori bilan mukofot pullarining yangi miqdori tasdiqlangan, yaʼni AQŞ dollari körinişidagi mukofot miqdori 2 baravar oşirilgan ekan. Unga köra:

➖Osiyo va Paraosiyo öyinlari ğoliblari hamda sovrindorlari bölgan sportçilar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi:

🥇oltin medal uçun — 10 000 AQŞ dollari;
🥈kumuş medal uçun — 5 000 AQŞ dollari;
🥉bronza medal uçun — 2 500 AQŞ dollari.

➖ Ularning trenerlariga:

🥇oltin medal uçun — 5 000 AQŞ dollari;
🥈kumuş medal uçun — 2 500 AQŞ dollari;
🥉bronza medal uçun — 1 250 AQŞ dollari beriladi.

Oxirgi qarorda mahalliy byudjetdan qöşimça mukofot haqida, şuningdek, sportçilarini tayyorlagan boşqa mutaxassislar (şifokor, diyetolog, massajist va boşqalar)ni rağbatlantiriş haqida heç qanaqa gap yöq. Ularga beriladimi, yöqmi, oçiği bilmadim. Ammo yuqorida aytganimdek, 2022-yildagi Prezident qarori ham öz kuçida turibdi, na bekor bölgan, na özgariş kiritilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek