Muhim

Ötgan hafta davomida kömir talon-toroj qilingani bilan boğliq bir neçta holatlar aniqlandi

Albom20-noyabr, 2023, 10:502 daqiqa0 koʻrish

Ötgan hafta davomida bir neçta holatda kömir goʼyoki fuqarolarga tarqatilgani töğrisida soxta maʼlumotlar tayyorlanib, aslida naqd pul sotiş orqali talon-toroj qilingani aniqlangan. Jumladan:

◾️Andijon tumanida 1 220,0 tonna;
◾️Buloqboşida 445,5 tonna;
◾️Jalaquduqda 1419,9 tonna;
◾️Uçqörğonda 623,7 tonna;
◾️Buvaydada 1 364,3 tonna;
◾️Izboskanda 1007,9 tonna;
◾️Paxtaobodda 873,2 tonna;
◾️Baxt şahrida 464,6 tonna;
◾️Piskentda 794,2 tonna;
◾️Zarbdorda 2 346 tonna;
◾️Samarqandda 2 141,5 tonna;
◾️Urgançda 678,5 tonna;
◾️Törtköl, Amudaryo va Qönğirotda 435,5 tonna;
◾️Qiziltepada 156,3 tonna

Mazkur holatlar böyiça jinoyat işi qözğatilib, kömir ombor mudirlari va boşqalar protsessual tartibda uşlangan.

Özimdan qöşimça: köplab maktablar isitiş tizimini xususiy tadbirkorlarga autsors qilib bergan. Va uşbu tadbirkorlarning ayrimlari ham kömir talon-toroj qilgani uçun uşlanayotgan ekan. Mendagi xavotir şuki, mazkur tergov jarayonlarini deb, öşa maktablar ertaga jabr körmasa böldi. Yaʼni maktablar allaqaçon qozonçi ştatidagi xodimlarni işdan böşatgan. Buyoqda tadbirkor qamalib qolsa, ertaga “tösatdan”, “heç kim kutmaganda” sovuq tuşib qolganda, sud va tergov jarayonlari hali tugamagani sababli na kömir, na işçi, na pul yöq bölib, öquvçilar muzlab qolmasin. Mutasaddilar şuni ham hisobga olişadi, degan umiddaman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek