Öz joniga qasd qilişni tarğib qilganlik uçun javobgarlik belgilaş vaqti keldi — Boş prokuror

Matn15-sentabr, 2025, 10:401 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öz joniga qasd qilişni tarğib qilganlik uçun javobgarlik belgilaş vaqti keldi — Boş prokuror

Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev tazyiq va zöravonlikdan jabrlanganlarning huquqiy himoyasini taʼminlaşga oid konferensiyada bu borada bir qator takliflarni ilgari surdi.

Jumladan:

🔹 bolalar huquqlari kafolatlarini belgilovçi qonunlarga taʼlim, davolaş muassasasi xodimining şu yerda taʼlim olayotgan, davolanayotgan şaxsga nisbatan soğliqqa qarşi jinoyat sodir etgani uçun uşbu faoliyat bilan şuğullanişiga çeklov örnatiş;

🔹 Jinoyat kodeksida vasiylik va homiylik huquqlarini suiisteʼmol qilganlik uçun javobgarlik belgilaş;

🔹 qöşmaçilik va fohişaxona saqlaş jinoyatlari, şu jumladan, uşbu jinoyatlarni taʼlim muassasalarining binolarida sodir etganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş;

🔹 qonunçilikda öz joniga qasd qiliş holati va usullari haqidagi maʼlumotlarni, videotasvirlarni oşkor qilganlik hamda öz joniga qasd qilişni tarğib qiluvçi mahsulotni tarqatganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilaş;

🔹 xotin-qizlar va bolalarga nisbatan sodir etilgan tahdid va zöravonlik bilan boğliq işlarni tergov qiliş va sudda körişda yagona amaliyotni yölga qöyiş.

👉@xushnudbek👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek