ÖzA işga taklif qiladi
❗️ÖzA işga taklif qiladi
Heç kimga sir emas, istalgan soha va taşkilot rivoji malakali kadrlar qölida. Kadrlar barça narsani hal qiladi. Ammo yaxşi kadr anqoning uruğiday gap.
Ayniqsa jurnalistika sohasida kreativ fikrlaydigan, zamonaviy media trendlarni özlaştirgan, yangilik qilişdan qörqmaydigan, eskiça va şablon fikrlaşdan xoli kadrlarni topiş, oçiği, oson emas.
Xullas, ÖzA ommaviy eʼlon orqali özi uçun kadrlar zaxirasini şakllantirmoqçi.
❓Bizga kimlar kerak?
Jurnalist-muxbirlar, fotomuxbirlar, tarjimonlar, rejissyorlar, dizaynerlar, montajçilar, operatorlar, SMM mutaxassislar, AKT mutaxassislari va h.k.
💼 Jumladan, quyidagi rahbariy lavozimlar uçun ham tajribali nomzodlar kerak:
— Siyosat va yangiliklar tahririyati boş muharriri;
— Hududiy axborot tahririyati boş muharriri;
— Xalqaro axborot tahririyati boş muharriri (xorijiy til biliş talabi mavjud);
— Fotoaxborot tahririyati boş muharriri;
— Veb resurslar bilan işlaş tahririyati boş muharriri;
— Tarjima tahririyati boş muharriri;
— Media markaz boşliği;
— AKT boşqarmasi boşliği;
— ÖzA ilm-fan jurnali bölimi boşliği.
❓Iş haqi qança?
Umuman olganda, oçiğini aytiş kerak, ÖzAda oylik iş haqi unçalik yuqori emas. Örtaça 3 mln söm. Ammo bu miqdor lavozimga va iş unumiga qarab özgaradi.
Masalan, haqiqatda öta zör materiallar tayyorlaydigan kreativ xodimlar yoki rahbar-menejerlar uçun yuqori KPI körsatkiçiga qarab, qöşimça ustama va gonorarlar hisobiga 15 mln sömgaça oylik iş haqi qilib berişimiz mumkin.
❓Iş tartibi qanday?
Nomzodlar bilan kelişgan holda turli tartibda işga qabul qilişimiz mumkin. Masalan, töliq yoki yarim stavkada, örindoşlik asosida yoxud fuqarolik huquqiy şartnoma orqali onlayn/masofadan turib işlaş tartibida.
❓Nomzodlar qayerga murojaat qilişlari kerak?
ÖzAda işlaş niyati bölganlar quyidagi anketani töldirişlarini söraymiz:
📝 https://forms.gle/TQVct7XWZG7UmAUQ7
❗️Eslatma: anketa yuborilgan barça nomzodlarni işga oliş majburiyatimiz yöq. Sababi biz hozirda kadrlar zaxirasi şakllantirmoqçimiz, körsatilgan köplab lavozimlar aslida vakant joyi emas. Ammo biz uçun maʼqul nomzodlar bölsa, ularni köp çözib ötirmasdan, albatta işga taklif etamiz.
👉 @xushnudbek 👈
