Özbek hamşiralariga rahmat!
🇺🇸 Özbek hamşiralariga rahmat! — Nyu-Yorkning yangi meri
Zohran Mamdani Nyu-Yorkning tarixdagi ilk musulmon meriga aylandi. U, şuningdek, şaharning eng yoş rahbari (34 yoş) ham hisoblanadi.
Özini “demokratik sotsialist” deb ataydigan Mamdani saylovda 50 foizdan yuqori ovoz töplab, asosiy raqibi Endryu Kuomoni ortda qoldirdi.
U ğalabadan keyingi ilk nutqida Nyu-Yorkda turli sohalarda işlayotgan işçilarga, jumladan özbek hamşiralariga ham rahmat aytdi.
Mamdani saylovçilar uçun bepul bolalar parvarişi, bepul avtobus, şahardagi taxminan bir million ijaraçining ijara narxlarini muzlatiş, 2030-yilgaça eng kam iş haqini oşiriş hamda yirik korporatsiyalar va Nyu-Yorkdagi eng boy 1 foiz aholidan olinadigan soliqlarni köpaytiriş orqali qolgan aholining kundalik xarajatlarini qisqartirişni vaʼda bermoqda.
Bungaça prezident Donald Tramp Mamdanini tez-tez kommunist sifatida tanqid qilgan hamda agar u ğalaba qozonsa, Nyu-York şahrining federal mablağlarini qisqartiriş bilan bir neça bor tahdid qilgan edi.
Şuningdek, Mamdani Bruklindagi Toşkent supermarketida manti yeyişni yaxşi körişini aytgan va boşqalarga ham tavsiya qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


