Rasman

Özbek tili ixlosmandlari uçun yangilik: 40 ta xorijiy atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi

Hujjat30-iyul, 2025, 19:161 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yangi soʻz va atamalar ro'yxati.pdf

PDF · 225 KB

Yuklab olish

Özbek tili ixlosmandlari uçun yangilik: 40 ta xorijiy atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga binoan özbek tili qoida va meʼyorlari asosida şakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi söz va atamalar röyxati tasdiqlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Avans >>> Bönak
Avtopilot >>> Avtoboşqaruv
Aysberg >>> Muztoğ
Bodikamera >>> Yonkamera
Brizgovik >>> Loytöskiç
Vnedorojnik >>> Yöltanlamas
Diskussiya >>> Bahs, munozara
Dostavka >>> Yetkaziş
Zona >>> Hudud
Karving >>> Öymabezak
Konfidensial >>> Maxfiy
Klaster >>> Klaster
Kovorking >>> Iş markazi
Kolovorot >>> Qölparma
Koridor >>> Yölak
Kotlovan >>> Xandaq
Lebyodka >>> Çiğir
Lider >>> Yölboşçi, yetakçi
Link >>> Havola
Markirovka >>> Tamğalaş
Marşrut >>> Yönaliş
Master klass >>> Mahorat darsi
Motivatsiya >>> Ruhlantiriş, rağbat
Navigator >>> Yöllagiç
Najdak >>> Qumqoğoz
Oprava >>> Gardiş
Otvyortka >>> Buragiç
Parol >>> Öron
Pereplyot >>> Muqovalaş
Polik >>> Töşama
Portfolio >>> Yiğmajild
Progressiv >>> Ilğor
Rastuşevka >>> Qoşpardoz
Svetofor >>> Yölçiroq
Sillabus >>> Işçi dastur
Smart >>> Aqlli
Çellenj >>> Çorlov
Şurup >>> Buramamix
IT park >>> AT parki (Axborot texnologiyalari parki)
IT texnologiyalari >>> Axborot texnologiyalari (AT)

👉 @xushnudbek 👈

  • 12 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek