Sport

Özbekiston 2:2 Yangi Zelandiya

Albom24-may, 2023, 01:182 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿 Özbekiston 2:2 Yangi Zelandiya 🇳🇿

Gollar: Benjamin Uolles 23', Jey Herdman 41', Abbos Fayzullayev 51', Şerzod Esanov 93'.

Töliq ustunlikda ötgan bahsda 90+3 daqiqada kiritilgan gol evaziga bir amallab durangga erişdik.

Hujum çiziğida yaxşigina muammomiz bor ekan. Gol uradigan, vaziyatlardan foydalanadigan sof hujumçi kerak bizga. Keyin futbolçilarimiz ruhiyati bilan ham yaxşigina işlaş kerak. Boşida raqibni mensimay, bemalol yutamiz, istagança gol uramiz degan xayolda bepisand öynaşdi, natijada 2 ta hujumdayoq 2 ta gol ötkazib yubordik.

Xayriyat, 2-taymda osmondan yerga tuşib, özlarini önglab olişdi-yu, lekin bu ğalaba uçun kamlik qildi.

Guruhimizda Yangi Zelandiya 4 oçko bilan peşqadamga aylanib oldi. Lekin katta ehtimol bilan birozdan keyin Argentina ğalaba qozonsa, yaqqol peşqadam bölib oladi va muddatidan oldin play-off bosqiçiga çiqadi.

Bizda guruhdan çiqiş uçun hali imkon bor, buning uçun 3-turda Gvatemalani albatta yutişimiz kerak. Lekin şunda ham barçasi bizga boğliq bölmaydi, kalkulyatorlarni olib, hisob-kitob qilişimiz kerak böladi. Heç qisi yöq, özbek muxlislari hisob-kitobga usta, doim şunaqa qilamiz, örganib ham ketdik bunga.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek