Sport

Özbekiston-2 jamoasi Ispaniya ustidan ğalaba qozondi va oçkolari sonini 10 taga yetkazib oldi

Albom21-sentabr, 2026, 20:051 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzGrossmeyster Nodirbek Yakubbayev özini duo qilib turgan xalqqa minnatdorlik bildirdi va kanal uçun eksklyuziv video yölladi.

Bugunning yana bir super quvonçli xabari — 🇺🇿Özbekiston-2 jamoasi kuçli 🇪🇸Ispaniya ustidan ğalaba qozondi va oçkolari sonini 10 taga yetkazib oldi. Bu bahsda qahramon Abdumalik Abdusalimov böldi.

Dastlab Jahongir Vohidov, Muhammadzohid Suyarov hamda Humoyun Begmuratov öz partiyasida durang öynadi.

2-doskada dona surgan Abdumalik Abdusalimov esa maşhur grossmeyster Maksim Çigayev ustidan 30 ta yurişda juda çiroyli ğalaba qozondi.

Bugungi ğalabadan söng onlayn jadvalda Özbekiston-2 jamoasi 10 oçko bilan 10-örinda bormoqda. Barça bahslar tugagandan keyin, yakuniy örin maʼlum böladi.

Maʼlumot uçun, 🇮🇳Hindiston, 🇫🇷Fransiya, 🇳🇱Niderlandiya, 🇩🇪Germaniya kabi çempionlikka favorit hisoblangan jamoalarda ham 10 oçko bor. Agar bugun 🇺🇸AQŞ ğalaba qozonsa (juda yaqin turibdi), ularda ham 10 oçko böladi.

Ertaga musobaqada tanaffus kuni, öyinlar ötkazilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek